Бас, имон келтирган ва солиҳ амалларни
қилганларгина равзада 
хурсандчилик қилурлар.

Бош саҳифа / Мақолалар / Abul Fazl ar-Roziy – Hadis va Qiroat olimi

Abul Fazl ar-Roziy – Hadis va Qiroat olimi

Abdurahmon ibn Ahmad ibn al-Hasan ibn Bundor ibn Ibrohiym ibn Jibriyl ibn Muhammad ibn Ali ibn Sulaymon Al-ijliy Abu Fazl ar-Roziy[1](371/981, Makka- 454/1062 Nishopur)

Tarjimonlar uni ilm talabini Makkada boshlaganini zikr qilishadi,ustozlaridan darslar tinglab bo’lgandan keyin ilm talabadida ko’p shaharlarga ko’chib o’tgan. Ibrohim ibn Muhammad ibnul Azhar Soriyfiyniy : “ Hadis talabida ko’p mintaqalarni kezuvchi, siqa, qiroatda o’zining yo’liga ega fozil imom . Qadimgi Nishopurga ilm talabaida kiradi va ko’plab foydalarga ega bo’ladi va ustozlari ham uni hurmat qilishardi.Zahabiy “Siyaru A’lamun Nubalo”asarida ilm talabida qilgan ba’zi safarlari haqida aytgan va : “Makkada Ahmad ibn Firosdan, Ali ibn Jafar Sayruvoniy Zohiddan, va otasi Abu Abbos ibn Bundordan,Rayda Jafar ibn Fannakiy va Bag’dodda Abul Hasan ar-Rifova ko’pchilikdan , Damashqda Abdulvahob Kilabiydan,Isfahonda Abu Abduloh ibn Mundadan,Basrada,Kufada ,Vahronda ,Tustarda, Rihoda, Fasda , Himsda, Misrda , Ramlada, Nishopurda, Nisoda,  Jurjonda dars eshitgan  va butun umrini turli mintaqalarda sayr qilish bilan o’tqazdi,va Ilmda va amalda Dahr sohiblaridan bo’ldi[1]. Va Roziy aytadi : “Dastlabki ilm safari 13yoshimda bo’lgan.” Uning tavofi shu shaharlardan birida bo’lgan,va 70 yoshlarida olamdan o’tdilar Alloh uni rahmatiga olsin va undan rozi bo’sin.

Asarlari:

Abul Fazl ar-Roziyning asarlari ko’p, Samoniy “Tasnifotlari ko’p edi”degan va ulardan[1] :

I Nashr qilingan kitoblari

 1) Fadoilul Qur’an va tilavatahu (Qur’onning fazilatlari va uning tilovatlari). Asarni doktor Omir Hasan Subriyning tahqiq qilib, Dor al-Bashoir al-ilmiyya matbaasida 1994 yilda nashr etgan.

2)   Ahadiysu fi zimmi kalam va ahlahu (Nutqni va uning odamlarini tuhmat qilish haqida hadislar) Asarni Doktor Nosir ibn Abdurahmon al-Judiy tahqiq  bilan birinchi nashrda 1996 yil nashr qilingan.
3) Maoniy al-ahruf as-sabaa(Yetti harf ma’nolari). Asarni Doktor Ziyovuddin Itr tahqiqi qilib, “Darun Navodir”da 1994 yilda nashr etgan.607 sahifadan iborat 1jildli kitobdir.
  II Qo’lyozma kitoblari 
1)Abdulloh ibn Omir al-Yahsabiy ash-Shomiy sahobalar orasidagi ixtilof
Qo’lyozmaning Berlin raqami 631, Qo’lyozmaning Vatikan raqami 582
2) “Qur’on yetti harfda nozil bo’lgan hadisi sharhi” Halabdagi Ahmadiya kutubxonasi 884raqam

    III Yo’qolgan kitoblari

1) “al-Lavomih”yoki “al-lavoih”  Abul Fazl ar-Roziydan bu asarni Abu Hayyon, as-Samiyn Halabiy va Olusiy naql qilishgan.

2) “Jome’ al-vuquf” Abul Fazl ar-Roziydan bu asarni Ibn Jazariy zikr qilgan.

Undan boshqa musannif zikr qilinmagan,undan boshqasiga ishora qilinmagan.Uni tarjimasida belgi qilib ketdi va u haqida “Jome’ AL-vuquf” va boshqalarning mualllifi deb aytgan.

     Tarjimonlardan ko’pchiligi Abul Fazl ar-Roziyni maqtashgan:keng ilmi va muvaffaqiyatda bardavom bo’lganligi uchun va bu Imom az-Zahabiy u kishiga bergan laqablari: Imom al-Qudva shayxulislom ,ilmi va ilm yo’lida qilgan safarlari haqida boshqa o’rinda to’xtalib o’tamiz va : butun umrini turli mintaqalarda sayr qilish bilan o’tqazdi,va Ilmda va amalda Dahr sohiblaridan bo’ldi deb aytgan. Abul Fazl ar-Roziy vasf qilgan ko’p tarjimonlar uning imomatiga mos vasflar bilan vasflashgan va Ibn jazariy ham vasflagan: “Qur’on o’qituvchi ustozlar imomi siqa(ishonchli) shayxulislom komil xudojo’y edi” va zohid edi ilmni dunyo talabida olmadi,balki ilmni ibodat sifatida oldi,butun hayoti davomida ilm bilan mashg’ul bo’ldi,  Abul Fazl ar-Roziy haqlarida Sam’oniy shunday degan: “Fozil Qur’on o’rgatuvchi ustoz edi,ko’p tasnifotlar, yaxshi siyrat , kdindor zohid ,qiyin hayot, yolg’iz, qanoatli,ko’p vaqtlarini o’qib eshitib o’tkazar edi.” Ibn Jazariy “G’oyat an-Nihoya”kitoblarida: “Osonga qanoat qiluvchi,ko’p vaqtlarida o’qir, hadis rivoyat qilar edi”.

Vafotlari:      Abul Fazl ar-Roziy(Alloh u kishini rahmatiga olsin) Nishopur shahararidan bo’lgan Avshiyr shahrida hijriy 454 yil Jumadul avval oyida vaqfot etdilar,vafot etganlarida 84yosh edilar Alloh rahmatiga olsin[1].

Karimov Muhammadamin
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi,
Islomshunoslik yo’nalishi III-kurs 104-guruhtalabasi


[1] Hasan ibn karim az-Zubaydiy “Naqd Aroil Abil fadl Ar-roziy an-nahviya vas sorfiyya”Makka Jamiatul Ummul Quro  B24


[1] Hasan ibn karim az-Zubaydiy “Naqd Aroil Abil fadl Ar-roziy an-nahviya vas sorfiyya”Makka Jamiatul Ummul Quro  B12


[1] Imom az-zahabiy “Siyarul alamun nubalo” Bayrut Muassatur risala J:18 B.136


[1] Hasan ibn karim az-Zubaydiy “Naqd Aroil Abil fadl Ar-roziy an-nahviya vas sorfiyya”Makka Jamiatul Ummul Quro  B12

[carousel-horizontal-posts-content-slider]